» » Pan Gi Mun: BMT majlislarida Orol fojiasini bartaraf etish masalasini ko‘tarishga harakat qilganman

Pan Gi Mun: BMT majlislarida Orol fojiasini bartaraf etish masalasini ko‘tarishga harakat qilganman


Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni BMT sobiq bosh kotibi, bugungi kunda Yashil taraqqiyot global instituti assambleyasi va Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Etika bo‘yicha komissiyasiga rahbarlik qilayotgan Pan Gi Munni qabul qildi. Mehmon uchrashuvdan keyin O‘zA muxbiri bilan muloqotda bo‘ldi.

– Suhbatimiz davomida ko‘plab masalalarni muhokama qildik. O‘zbekiston Prezidentining mamlakatda keng miqyosli islohot va yangilanishlar dasturini boshlash bo‘yicha tashabbuslarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

Xalqaro hamjamiyat O‘zbekistonning qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shayotgan hissasini qadrlaydi. Bugungi kunga qadar Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan afg‘on masalasiga bag‘ishlangan ikki nufuzli xalqaro forum tashkil etilgani buni tasdiqlaydi. O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlar bilan chegara bilan bog‘liq masalalarni hal etish borasidagi diplomatik sa’y-harakatlari ham e’tiborga molik.

Prezident bilan uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

Orol fojiasi miqyosi va ko‘lamiga ko‘ra eng dahshatli ekologik falokatdir. 2010-yil aprel oyida Orolbo‘yiga borganimda juda ayanchli manzaraning guvohi bo‘lgan edim. BMTning ko‘plab majlislarida har safar ushbu fojiani bartaraf etish masalasini ko‘tarishga harakat qildim.

Oxirgi marta O‘zbekistonga 2015-yilda kelgan edim. Uch yil o‘tib, bu yerda keng miqyosli o‘zgarishlar ro‘y berganiga guvoh bo‘ldim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 12:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют