» » “Urganch” xalqaro aeroportida uchuvchisiz uchish apparatini olib o‘tishga uringan fuqaro to‘xtatildi

“Urganch” xalqaro aeroportida uchuvchisiz uchish apparatini olib o‘tishga uringan fuqaro to‘xtatildi


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘ida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-sonli Qaroriga asosan 2015-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirish, sotish va ulardan foydalanish taqiqlangan, deb xabar beradi Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Mazkur qurilmalarni faqatgina Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ko‘zda tutilgan hollarda ayrim tashkilotlar tomonidan olib kirish, realizatsiya qilish va foydalanishga ruxsat berilgan.

Shunga qaramay, jismoniy shaxslar tomonidan bu turdagi qurilmalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib kirishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda. Ana shunday holatlarning navbatdagisi “Urganch” xalqaro aeroportida aniqlandi.

“Sankt-Peterburg-Urganch” yo‘nalishi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro B.J. bojxona nazoratidan “yashil” yo‘lak orqali o‘tar ekan, uning bezovtalanishi bojxona xodimlarida shubha uyg‘otdi.

Unga tegishli qo‘l yuklari nazorat-rentgen apparati orqali xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yuklar orasida bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’ulm qilinmagan 1 dona uchuvchisiz uchish apparati yashirilganligi fosh bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, bu “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan joriy yilda aniqlangan uchuvchisiz uchish apparatlarini olib o‘tish bilan bog‘liq o‘ninchi huquqbuzarlik holati hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2018, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют