» » Toshkentda 400 mln so‘mlik zararni 2 ming dollar bilan yopishga uringan institut xodimi ushlandi

Toshkentda 400 mln so‘mlik zararni 2 ming dollar bilan yopishga uringan institut xodimi ushlandi


2018-yil 1-dekabr kuni MIB Shayxontohur tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Shayxontohur tumanidagi Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti bosh energetigi I.N. ushbu institutning elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha 399.170.112 so‘m yetkazilgan zararni kamaytirib ko‘rsatish hamda mazkur to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslikni maqsad qilgan.

Shundan so‘ng I.N. MIB tuman bo‘limi surishtiruvchisiga 2000 AQSh dollarni pora tariqasida berishini ma’lum qilib, shundan 450.000 so‘mni berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-12-2018, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют