» » Ketma-ket ikki bor mag‘lub bo‘lgan Uzbek Tigers Rossiya jamoasiga qarshi janglarda Hasanboy Do‘stmatovdan foydalanadi

Ketma-ket ikki bor mag‘lub bo‘lgan Uzbek Tigers Rossiya jamoasiga qarshi janglarda Hasanboy Do‘stmatovdan foydalanadi


4-mart kuni Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi Toshkentda Uzbek Tigers’ga qarshi janglarda ishtirok etadi. Unga “O‘zbekiston” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan ikkita jang o‘tkazib, har ikkisida ham mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

3-turdagi raqib va nihoyat poytaxt Toshkentda qabul qilinadi. Raqib — Patriot Boxing Team bunga qadar qozog‘istonliklardan 2:3 hisobida yengilgan va xitoyliklarni 4:1 hisobida taslim qilgan.

Mazkur jamoaga qarshi Uzbek Tigers safida jang qiladigan 5 nafar bokschi nomiga oydinlik kiritildi, deb yozdi “Sports.uz”. Ular orasida Rio—2016 qahramoni Hasanboy Do‘stmatov hamda China Dragons’ga qarshi jang arafasida jarohat olib, ringga chiqa olmagan Elnur Abduraimov bor.

WSB
Osiyo mintaqasi. 3-tur
4-mart, shanba

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Bator Sagaluyev
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov — Dmitriy Sharafutdinov
-64 kg: Elnur Abduraimov — Radmir Abdurahmonov
-75 kg: Isroil Madrimov — Rajab Rajabov
+91 kg: Zuxriddin Mahkamov — Islom Tekeyev

Ma’lumot uchun, 56 kilogramm vaznda Abdulhay Shorahmatov Xitoyda raqibini 3:0 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi. Endi unga yana bir bor imkoniyat beriladi.

Mavzuga oid: Shahram G‘iyosov: 3 oy tadbirma-tadbir yurdik va 1 oy shug‘ullandik. Qozog‘istondagi janglarga tayyor emasdik

Опубликовано: admin (1-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют