» » O‘zbekistonlik futbolchi turkman va tojik klublariga gol urib, qirg‘iz jamoasini OFK kubogiga olib chiqdi

O‘zbekistonlik futbolchi turkman va tojik klublariga gol urib, qirg‘iz jamoasini OFK kubogiga olib chiqdi


Qirg‘izistonning “Dordoy” klubi OFK kubogi musobaqasining guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.

O‘zbekistonlik hujumchi Alisher Azizovni o‘z safiga qo‘shib olgan “Dordoy” pley-offning birinchi bosqichida Turkmanistonning “Bolqon” klubidan o‘tib ketgan bo‘lib, Azizov har ikki o‘yinda ham 1 tadan gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ikkinchi bosqichda “Dordoy” Tojikistonning “Hosilot” jamoasi bilan to‘qnash keldi. Tomonlarning O‘shda bo‘lib o‘tgan ilk o‘yinida Alisher Azizovning yagona goli mezbonlarga g‘alaba tortiq qilgandi. Safar o‘yinida esa 1:1 hisobi qayd etildi.

OFK kubogi
Pley-off
28-fevral, seshanba

Gollar: Islom Shamshiyev, 6 (0:1). Muhammadjon Hasan, 90+1 (1:1).
Dastlabki o‘yin: 0:1

“Dordoy” guruh bosqichida Turkmanistonning “Oltin asr”, Tojikistonning “Istiqlol” hamda Qirg‘izistonning “Oloy” klublariga qarshi kurash olib boradi.

Опубликовано: admin (1-03-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют