» » Andijondagi bayramoldi savdo yarmarkalarida mahsulotlarning uzluksizligi ta’minlanadi (foto)

Andijondagi bayramoldi savdo yarmarkalarida mahsulotlarning uzluksizligi ta’minlanadi (foto)


Bayram shukuhi kezib yurgan ayni kunlarda ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada yuksaltirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini aholiga nisbatan arzon narxlarda yetkazib berish maqsadida Andijon viloyatining barcha shahar va tuman markazlarida an’anaviy qishloq xo‘jalik mahsulotlari yarmarkalari ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi  matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.

Shu yilning 10-dekabridan 2019-yilning 3-yanvarigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur yarmarkalarda 30 turdan ortiq qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilishi belgilangan. Noz-ne’matlarning uzluksizligini ta’minlash uchun korxona, agrofirma va fermer xo‘jaliklari biriktirildi. Xaridorlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirish maqsadida joylarda turg‘un savdo rastalari ham joriy etildi.

Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahrining 16 ta gavjum hududida tashkil etilgan yarmarkalarning ochilishida ishtirok etib, aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mahsulotlarning sifati bilan tanishib, fuqarolar kayfiyati bilan qiziqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-12-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют