» » Go‘sht — 28 ming, shakar — 4,5 ming so‘m. Sirdaryoda bayramoldi savdo yarmarkalaridagi mahsulotlar qanday narxda sotilmoqda?

Go‘sht — 28 ming, shakar — 4,5 ming so‘m. Sirdaryoda bayramoldi savdo yarmarkalaridagi mahsulotlar qanday narxda sotilmoqda?


Guliston shahri hamda Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlari markazlarida 40 dan ortiq turdagi qishloq xo‘jaligi, madaniy, maishiy, sanoat mahsulotlari savdo yarmarkalari o‘z faoliyatini boshladi, deyiladi O‘zA xabarida.

Guliston shahrida tashkil etilgan bayramoldi savdo yarmarkasida fermer, tadbirkor, korxona va tashkilotlar savdo pavilonlarida o‘zlari yetishtirgan, ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni arzon narxlarda savdoga chiqardi.

– Yarmarkalarda viloyatdagi qayta ishlash korxonalari, chorvachilik, parrandachilik, asalchilik, baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda, – deydi viloyat hokimi o‘rinbosari O.Abdug‘aniyev. – Arzon va sifatli mahsulotlar yarmarkasi joriy yilning 15-dekabridan 2019-yilning 5-yanvargacha davom etadi. Savdolarga mahsulotlar kunligi kunda, peshma-pesh olib kelinmoqda. Istalgan turdagi mahsulotni xaridor naqd yoki bank plastik kartochkasi orqali xarid qilishi mumkin. Chunki barcha savdo nuqtalari terminallar bilan to‘liq ta’minlangan.

Darhaqiqat, xaridorlar ushbu yarmarkadan 1 kilogramm go‘shtni 28 ming so‘mdan, baliqni turiga qarab 8 mingdan 12 ming so‘mgacha xarid qilishlari mumkin. Shuningdek, 1 kilogramm xurmo 2 ming so‘mdan, olma 2,5 ming, guruch naviga qarab 3 mingdan 6 ming so‘mgacha, piyoz 800 so‘mdan, kartoshka 1,5 ming, sabzi 1 ming 400 so‘mdan, shakar 4,5 ming so‘mdan, o‘simlik yog‘ning 1 litri 7 ming so‘mdan, tuxumning donasi 500 so‘mdan sotilayotir. Dong‘i ketgan Mirzaobod qovunlarining donasi katta kichikligiga qarab 8 mingdan 12 ming so‘mgacha, tarvuzlar 10 mingdan 12 ming so‘mgacha xaridorlarga taklif etilmoqda.

Bundan tashqari savdo rastalaridan xaridorlar anor va anor sharbati, tarvuz, qovun, oshqovoq, karam va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini bozordagidan ancha arzon narxlarda ham xarid qilishlari mumkin.

Shuningdek, savdo yarmarkalarida turli sitrus mevalar, ichimliklar, 10 dan ortiq turdagi non va non mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, Afrika laqqasi, do‘ngpeshona, oq amur va karp kabi baliq turlari xaridorgir bo‘lmoqda.

Viloyat markazida tashkil etilgan yarmarka savdolariga har kuni 2,5 tonnadan go‘sht, kartoshka, sabzi, piyoz, 2 tonnadan qovun, tarvuz, karam, oshqovoq, 1,5 tonna baliq, 3 ming dona tuxum, 1,5 tonnadan asal, shakar, 4,5 tonna gurunch, 2 tonna ho‘l meva, 500 kilogrammdan sitrus mevalari va boshqa qishloq xo‘jaligi hamda oziq ovqat mahsulotlari chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют