» » Jizzaxda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, nafaqadagi harbiylar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi

Jizzaxda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, nafaqadagi harbiylar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi


Bugun, 16-dekabr kuni Jizzax shahridagi Olimpiya zaxiralari maktab-internatida Jizzax harbiy prokuraturasi hamda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, nafaqadagi harbiylar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” ga Toshkent harbiy prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur tadbirda 182 ta davlat va jamoat tashkilotlari 369 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkada 27 nafar harbiylarning oila a’zolari ish bilan ta’minlanib, 55 nafariga yo‘llanmalar berildi. Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 18 nafar harbiy xizmatchining oila a’zolariga qiymati 40 milliongacha bo‘lgan miqdorda sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, yarmarkaga tashrif buyurgan bolajonlarga Jizzax garnizoni ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestr jamoasi tomonidan konsert dasuri, qurol-aslaha ko‘rgazmasi hamda temuriy izdoshlari maktab o‘quvchi yoshlarining “Qo‘l jangi” elementlari namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-12-2018, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют