» » O‘zbekistondagi OTMlar o‘qitish qiymatini o‘zini moliyaviy ta’minlashi miqdorida belgilashi mumkin

O‘zbekistondagi OTMlar o‘qitish qiymatini o‘zini moliyaviy ta’minlashi miqdorida belgilashi mumkin


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Prezidentning “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjatda 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida ta’lim xizmatlari bozorida yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga talab yuqoriligi va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, bir qator oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

O‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalariga quyidagilarni mustaqil belgilash huquqi beriladi:

Ta’lim jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar, qo‘shimchalar hamda moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari miqdorlarini belgilash;

Iqtidorli talabalarga, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan talabalarga nisbatan moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash;

Barcha mablag‘larini saqlash xarajatlariga, qo‘yilgan vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy qilishga hamda xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflash;

Oliy ta’lim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari ko‘rsatishning alohida turlari, jumladan, bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport obyektlari ekspluatatsiyasi, ularni tozalash, ta’mirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlari ko‘rsatishni xususiy boshqaruvga (autsorsing usuli bo‘yicha) berish;

Bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olgan holda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning har yillik qabul ko‘rsatkichlari hamda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ochilishini belgilash;

Bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini oliy ta’lim muassasasini o‘zini-o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdorida belgilash.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют