» » O‘zbekistonda davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi

O‘zbekistonda davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi


O‘zbekiston Respublikasining davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalarini muomalaga chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida xabar berildi.

Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi tomonidan davlat g‘aznachilik majburiyatlari va obligatsiyalari muomalaga chiqariladi.

Shuningdek, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishlarining joylashtirilishi, muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati bir million so‘mni tashkil etadi.

Qimmatli qog‘ozlarning joylashtirilishi Markaziy bank tomonidan auksion shaklida o‘tkaziladi. Auksion shartlari haqidagi ma’lumot kamida yetti kun avval e’lon qilinadi.

Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitim tuzish orqali ikkilamchi bozorda ham muomalada bo‘ladi.

Qimmatli qog‘ozlarni so‘ndirish Markaziy bank tomonidan yetti kun avval bu haqida e’lon qilinib amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-12-2018, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 32) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют