» » Rossiya AQShning Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqish qarorini izohladi

Rossiya AQShning Suriyadan qo‘shinlarini olib chiqish qarorini izohladi


Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonning Amerika qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish qarori AQSh harbiy bazasi joylashgan at-Tanfdagi vaziyatni hal qilishga yordam berishiga umid qiladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar qildi.

“Suriya xaritasida bu nuqta (at-Tanf) Aleppo va boshqa ko‘plab Suriya shaharlari kabi tinch hayotga qayta boshlaydi. U yerda amerikaliklar bor ekan bunga umid yo‘q edi. Amerika hukumatining qarori Suriya inqirozining siyosiy yechimi uchun umid uyg‘otadi”, — deyiladi TIV sharhida.

19-dekabr kuni AQSh rasmiylari qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqish haqida qarorini e’lon qildi.

Oq Uy matbuot kotibi Sara Sandersning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqish, harbiy kampaniyaning yangi bosqichi boshlanishini anglatadi. Vashington qo‘shinlarini Suriyadan 60-100 kun ichida olib chiqmoqchi, davlat departamenti xodimlari 24 soat ichida mamlakatni tark etishi kerak.

Hozirda Suriyada 2000 ga yaqin AQSh qo‘shinlari mavjud.

O‘tgan yilning oktabr oyida Rossiya mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov “Suriya—Iordaniya chegarasida Suriya qochqinlarining qalqoni bo‘lib “qora tuynuk” aylanganini aytgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-12-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют