» » Fitch O‘zbekistonga “BB-” kredit reytingini berdi

Fitch O‘zbekistonga “BB-” kredit reytingini berdi


Fitch Ratings O‘zbekistonga xorijiy va milliy valyutada “BB-” darajadagi uzoq muddatli reytinglarni berdi. Prognoz — barqaror. Bu haqda “Spot” xabar berdi.

Agentlikning qayd etishicha, O‘zbekiston makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydigan ulkan islohotlarni amalga oshira boshladi.

Fitch’ning ta’kidlashicha, tashqi balans reytingda asosiy omil hisoblanadi. Aytaylik, 2018-yil oxirida suveren aniq xorijiy aktivlar YaIMning 46 foizida prognoz qilinmoqda. 2018-yil oxirida prognoz qilingan valyuta zaxiralari 26,9 milliard AQSh dollarini tashkil etadi, bu joriy tashqi to‘lov hisobining 14,8 oyiga teng.

Fitch valyuta bozorining yaqinda boshlangan liberallashuvi ichki talabning yuqori ekani, yuqori importga ega davlat sektoridagi investitsion loyihalar hamda muhim savdo hamkorlari tomonidan nisbatan past talab bilan birlashib, 2018-yilda joriy hisobning YaIMdan 2,7%lik defitsitga olib kelishini kutmoqda.

“Defitsit asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi, ammo islohotlarni e’lon qilish va ularni amalga oshirish o‘rtasida kechikish bo‘lishi mumkin”, — deb hisoblaydi Fitch.

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekistonning tovarga qaramligi yuqori, ammo eksport bazasida bitta tovarning mutlaq ustunligi yo‘q — oltin, tabiiy gaz, metal va paxta umumiy eksport hajmidan 60 foizni tashkil qiladi.

“Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda, migrantlarning pul o‘tkazmalari 80% hamda asosiy xorijiy investor”, — ta’kidlaydi Fitch.

Fitch hukumat valyuta kursining moslashuvchanligini qo‘llab-quvvatlab, iqtisodiyotning shoklarga qarshi turish qobiliyatini ushlab, tashqi disbalanslar ortishini bosib turilishini kutmoqda.

Agentlik fikricha, 2018-yilda inflyatsiya darajasi 17,9 foizni tashkil etadi va 2019—2020-yillarda asta-sekin kamayib, 16,8 foiz hamda 14 foizga teng bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-12-2018, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют