» » Shavkat Mirziyoyev “Faol Gujorot 2019” tadbirida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev “Faol Gujorot 2019” tadbirida ishtirok etadi


Tashqi ishlar vazirligining 2018-yilgi faoliyati yakunlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan anjuman jurnalistlar ishtirokidagi ochiq muloqot tarzida davom etdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Anjuman doirasida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov O‘zbekiston — Hindiston munosabatlari haqida to‘xtalar ekan, jurnalistlarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilning yanvar oyida Hindistonning Gujorot shtatida bo‘lib o‘tadigan “Faol Gujorot 2019” tadbirlarida ishtirok etishi haqida aytib o‘tdi.

“Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi davlat rahbarini “Faol Gujorot 2019“ tadbirlarida ishtirok etishga taklif etgan va bu Prezident tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingandi”, — dedi vazirning birinchi o‘rinbosari.

Ilhom Ne’matovning ta’kidlashicha, ushbu yirik tadbir Hindistonda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Davlat rahbarlari, bosh vazirlar va vazirlar darajasidagi shaxslar ishtirok etadigan forumda O‘zbekistonning eksport salohiyati, milliy mahsulotlari, sayyohlik salohiyati namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-12-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют