» » NamMTI Rossiya Yadro tadqiqotlari instituti bilan hamkorlik qiladi

NamMTI Rossiya Yadro tadqiqotlari instituti bilan hamkorlik qiladi


Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Dubnadagi (Rossiya) Yadro tadqiqotlari birlashgan instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi ishlab chiqiladi. Bu haqda “Daryo”ga NamMTI matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yadro tadqiqotlari instituti nazariy fizika laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Avazbek Nosirov institutda mehmon bo‘ldi. Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan professor institut talabalari va yosh tadqiqotchilar uchun fizika fanidan master-klass o‘tib berdi.

NamMTI rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda rossiyalik olim o‘zi ishlayotgan institut faoliyati, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari to‘g‘risida hikoya qildi. Oliy o‘quv yurti aspiranturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi haqidama’lumot berdi.

Uchrashuvda tadqiqotchilar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldi, o‘zaro tajriba almashish borasidagi takliflar va fikr-mulohazalar bildirdi.

Muloqot yakunida Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Yadro tadqiqotlari instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi ishlab chiqish va tez kunlarda imzolashga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 10:14)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют