» » Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda propiska bo‘yicha xizmat ko‘rsatish reglamenti loyihasi ishlab chiqildi

Qoraqalpog‘iston va viloyatlarda propiska bo‘yicha xizmat ko‘rsatish reglamenti loyihasi ishlab chiqildi


Fuqarolarni doimiy propiska qilish va propiskadan chiqarishga doir davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti loyihasi ishlab chiqildi va “regulation.gov.uz” saytida joylashtirildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati “Daryo” ga xabar berdi.

Ushbu ma’muriy reglament O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Qoraqalpog‘iston Respublikasida va viloyatlarda (Toshkent viloyati va Toshkent shahrida tashqari) doimiy propiska qilish va propiskadan chiqarishga doir davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Endilikda ushbu xizmat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladi.

Ma’muriy reglament orqali fuqarolarga kompozit xizmat – ya’ni bir vaqtning o‘zida turkum xizmatlar ko‘rsatilishi rejalashtirilmoqda.

Jumladan, fuqaro doimiy propiskadan chiqish yoki propiska qilish uchun Davlat xizmatlari markazlariga qilgan murojaati orqali bir vaqtning o‘zida unga doimiy propiskaga doir xizmat bilan birga, harbiy hisobga qo‘yish va undan chiqarishga doir xizmatlar ham ko‘rsatiladi.

Ushbu orqali davlat xizmatini ko‘rsatish jarayoni yanada soddalashtirilib, fuqarolarning ichki ishlar va mudofaa organlariga bir necha marotaba murojaat qilishi oldi olinmoqda.

Bundan tashqari, reglamentga muvofiq, taqdim etiladigan hujjatlar, to‘ldiriladigan turli blank va shakllar soni keskin qisqartirilib, barcha harakatlar elektron tizim orqali amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Jumladan, amaldagi uy daftari, qayd etish kartochkasi, kvartiralar bo‘yicha kartochka, ketish manzil varaqasi, kelish manzil varaqasi kabilar chiqarib tashlanib, birgina so‘rovnomani to‘ldirish orqali ushbu ma’lumotlar to‘liq elektronlashtirilishi nazarda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-12-2018, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют