» » O‘zbekistonda 1,5 ming nafar mansabdor davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatini buzgani uchun ma’muriy jazoga tortildi

O‘zbekistonda 1,5 ming nafar mansabdor davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatini buzgani uchun ma’muriy jazoga tortildi


O‘zbekistonda 2018-yil davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi hamda muddatlarini buzish bilan bog‘liq jami 80 515 ta qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi direktori Xalilillo To‘raxo‘jayev ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

Shundan 67053 ta holatda arizalarni ko‘rib chiqish muddati buzilgan, 2739 ta holatda murojaat qilgan fuqarolardan ortiqcha hujjat talab qilingan, 3378 ta holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmati ko‘rsatilgan, 445 ta holatda asossiz rad etilgan va 6900 ta holatda boshqa qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Aniqlangan holatlar bo‘yicha jami 3334 ta huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilgan. Jumladan, vakolatli davlat organlariga ijro etilishi majburiy bo‘lgan jami 879 ta taqdimnoma, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha 977 ta ogohnoma kiritilgan.

Joriy yilning 23-iyulida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, agentlikka davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy jarima qo‘llash vakolati berildi.

Shunga ko‘ra, agentlik tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida davlat xizmatlarini o‘z vaqtida va belgilangan muddatlarda ko‘rsatmagan, fuqaroni chaqirtirib, qo‘shimcha hujjatlarni talab qilgan yoki murojaatni asossiz ravishda rad etgan 1500 nafarga yaqin davlat xizmatchilariga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’muriy jarima jazosi qo‘llanildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-12-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют