» » O‘zbekistonda tushumi 1 mlrd so‘mda oshgan tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxs tartibida to‘laydi

O‘zbekistonda tushumi 1 mlrd so‘mda oshgan tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxs tartibida to‘laydi


O‘zbekistonda tushumi 1 mlrd so‘mda oshgan tadbirkorlar soliqlarni yuridik shaxs tartibida to‘laydi. Bu Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020—2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-yanvardan quyidagi tartib o‘rnatiladi:

Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshgan, biroq bir milliard so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar yagona soliq to‘lovini 4 foiz stavkada to‘lashga o‘tkaziladi;

Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi 100 million so‘mdan oshmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliqni hisoblash va to‘lash tartibi saqlab qolinadi;

Kalendar yilida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi bir milliard so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda to‘laydi.

Davlat soliq qo‘mitasiga 2019-yil 1-fevralga qadar yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni hisoblash va soliqlar to‘lash tartibini tasdiqlash topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют