» » Shavkat Mirziyoyev: Orol dengizining qurigan hududida 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi

Shavkat Mirziyoyev: Orol dengizining qurigan hududida 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi


O‘zbekiston Prezidentining parlamentga murojaatida ekologik xavfsizlik masalasi davlatning doimiy e’tiboridagi masalalardan biri ekanligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ekologik xavfsizlik, birinchi navbatda, suv va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarurligini qayd etdi va Suv xo‘jaligi vazirligiga 2019-yilda mintaqadagi davlatlar ekspertlari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishi lozimligini ko‘rsatib o‘tdi.

“Biz O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun BMT Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish hamda BMTning boshqa institutlaridan, hamkor davlatlardan minnatdormiz. Biz bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solib, Orolbo‘yidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha harakatlarimizni yanada kuchaytiramiz.

Orol dengizining qurigan hududida kelgusi yilda yana 500 ming gektar o‘rmonzor barpo etiladi”, — deydi Prezident.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют