» » Chirchiq qo‘mondon-muhandislik bilim yurtida “Men albatta harbiy bo‘laman!” tadbiri tashkil etildi (foto)

Chirchiq qo‘mondon-muhandislik bilim yurtida “Men albatta harbiy bo‘laman!” tadbiri tashkil etildi (foto)


Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurtida Toshkent viloyati va Chirchiq shahar O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti bilan hamkorlikda “Men albatta harbiy bo‘laman!” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Toshkent viloyati va Chirchiq shahar Ma’naviyat va ma’rifat markazlari bo‘limi, shahar Yoshlar Ittifoqi Kengashi vakillari ishtirok etishdi. Bu haqda jurnalist SHohista Ortiqova xabar bermoqda.

Tadbirga Chirchiq shahar, Bo‘stonliq, Parkent, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarining ikki mingga yaqin o‘quvchi-yoshlari jalb etildi. Tadbir avvalida “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi tomonidan sportning texnik va amaliy turlarining ko‘rgazmasi va tashkilot tizimida shug‘ullanayotgan sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, shuningdek, Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti kursantlarning harbiy jang san’ati chiqishlari havola qilindi.

Tadbirning qiziqarli va mazmunli o‘tishida bilim yurtiga tashrif buyurgan jahon chempionlari Dmitriy Shokin va Ramziddin Saidovlar bilan yaqindan muloqot yoshlar va kursantlarda katta taassurot qoldirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют