» » Qozog‘istonlik deputatlar Nazarboyevni bebaho qadriyat deb topishni taklif qildi

Qozog‘istonlik deputatlar Nazarboyevni bebaho qadriyat deb topishni taklif qildi


Qozog‘iston parlamenti deputatlari mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat mustaqilligiga erishish va Qozog‘iston poytaxti — Ostonaning tashkil etilishidagi muhim rolini konstitutsiyaga mustahkamlab qo‘yishni yana taklif qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Mamlakatning bosh qonunida Elboshining bebaho roli, uning noyob o‘rnini aks ettirish va Konstitutsiyaning 91-moddasi 2-bandida mamlakatimizning bebaho qadriyatlariga nafaqat davlat mustaqilligi, balki mustaqil Qozog‘iston asoschisi va yetakchisi Nursulton Abishevich Nazarboyevning maqomi, tamoyillari va islohotlarini ham kiritishni taklif qilaman”, — dedi deputat Bakitgul Xamenova parlament palatalarining 3-mart, juma kuni Ostonada bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida.

Ma’lumot uchun, mazkur qo‘shma majlisda Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-03-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют