» » O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun tug‘uruqxonalarga videokameralar o‘rnatilmoqda

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish uchun tug‘uruqxonalarga videokameralar o‘rnatilmoqda


O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot muassasalari, jumladan, tug‘uruq komplekslarida tamagirlik va korrupsiya holatlari chuqur o‘rganilib, tahlil etilgan holda tizimli choralar ko‘rib borilmoqda, deyiladi O‘zA xabarida.

Chunonchi, Prezident qarori asosida davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 2018-yil 1-dekabrdan 1,2 baravar oshgan bo‘lsa, 2019-yil 1-apreldan 1,15 baravar oshiriladigan bo‘ldi. Bu boradagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, tibbiyot xodimlarining mehnatini munosib rag‘batlantirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Rivojlantirish va sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi tuzildi.

Bundan tashqari, har bir shifokorning ishiga qarab baholash, muassasalarni davolanganlik holati bo‘yicha moliyalashtirish, audit va ichki tekshiruv tizimini yanada takomillashtirish, eng muhimi, jamoatchilik va deputatlarning tizimli nazorati yo‘lga qo‘yilmoqda. “Ishonch telefoni”, turli murojaat va shikoyatlar uchun “Fikr bildirish” qutisi, xodimlar va bemorlar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish kabi choralar ham ko‘rilmoqdaki, bu ham bo‘lsa sohadagi turli tamagirlik va korrupsiya holatlariga chek qo‘yilishiga xizmat qiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tizimdagi tibbiyot muassasalari, jumladan, tug‘uruq komplekslaridagi vaziyatni nazorat qilib borish, korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va oldini olish maqsadida ko‘plab vazifalar belgilab olindi. Shu asosda mamlakatdagi barcha tug‘ruq muassasalarida faoliyat olib borayotgan obro‘li va tajribali xodimlardan iborat “Ustozlar kengashi” guruhlari tuzildi.

Tug‘uruq komplekslaridagi bemorlar orasida esa anonim so‘rovnoma o‘tkazish borasida tashkillashtirilgan “Fikr bildirish” qutilarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Tug‘uruq muassasalarida chaqaloqlarni uyga kuzatuv xonalariga qo‘shimcha ravishda videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi.

Shifoxonada pullik xizmat va servis xizmatidan foydalanuvchi bemorlar bilan to‘lov shartnomasi qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi tashkil etildi. Shuningdek, ultratovush tekshiruvlarini pullik va bepul aholi qatlami uchun o‘rnatilgan tartibda alohida tashkil etish choralari ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют