» » “O‘zstandart”: 42 turdagi mahsulotlar guruhi uchun texnik reglamentlar ishlab chiqiladi

“O‘zstandart”: 42 turdagi mahsulotlar guruhi uchun texnik reglamentlar ishlab chiqiladi


“Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan mahsulotlarning xavfsizligi ham ta’minlanadi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zstandart” agentligi tegishli mutasaddi idora hamda korxonalar hamkorligida 2019-yildan boshlab mahsulotlarning xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan texnik reglamentlarni ishlab chiqishni nazarda tutuvchi dasturga asosan, texnik reglamentlarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish natijasida mahsulotlarga tegishli bo‘lgan xavfsizlik ko‘rsatkichlarini yagona hujjatga jamlash va ushbu talablarni bajarilishi natijasida aholiga kafolatlangan xavfsiz mahsulot yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

Eng muhimi esa, aholining sifatsiz mahsulotlar iste’moli natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari va turli xil og‘ir kasalliklarning oldi olinishiga erishiladi.

Dasturga asosan 42 turdagi mahsulotlar guruhi uchun texnik reglamentlar ishlab chiqiladi. (oziq-ovqat mahsuloti, o‘yinchoqlar, mebel, lak-bo‘yoq, maishiy kimyo, parfyumeriya, kimyoviy himoya vositalari, shinalar).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют