» » Samarqandliklar Orol dengizining qurigan hududida o‘rmonzor barpo etmoqda

Samarqandliklar Orol dengizining qurigan hududida o‘rmonzor barpo etmoqda


Prezident Oliy Majlisga taqdim etgan murojaatnomasida Orolni qutqarish, uning qurigan hududida o‘rmonzorlar barpo etish, jumladan, 2019-yilda 500 ming gektarlik o‘rmon yaratish masalasiga alohida e’tibor qaratgandi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Yangi yil arafasida ushbu ishga qizg‘in kirishildi. Bu yerda Qoraqalpog‘iston va respublikaning barcha viloyatlaridan qishloq xo‘jaligi xodimlari, o‘rmonchi, seleksioner, mexanizator, harbiy xizmatchi va favqulodda vaziyatlar idoralari xodimlaridan iborat minglab mutaxassislar saksovul ekish ishlarini boshlab yubordi. Jumladan, Samarqand viloyatidan texnikalar, 40 nafarga yaqin mutaxassis va mexanizator jalb etilib, ayni kunlarda ular bu ezgu ishga kamarbasta bo‘lmoqda.

— “Samarqand viloyat agroservis MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 25 ta yuqori unumli texnika va 28 nafar tajribali mexanizator bilan o‘rmonzor barpo etish uchun yer tayyorlayapmiz, — deydi jamoa boshlig‘i, “Paxtachi tuman agroservis MTP” raisi Akmal Rahmatov. — Mexanizatorlarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shunga yarasha ish unumi yuqori. Asosan saksovul ekish uchun o‘qariqlar olyapmiz. Bor kuch va imkoniyatlarimizni ishga solib, Orolbo‘yidagi ekologik vaziyatni yaxshilashga o‘z hissamizni qo‘shamiz”.

Bu yerda viloyatdan tajribali o‘rmonchilar va viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 nafar mutaxassisi ham xayrli ishni amalga oshirishda astoydil xizmat qilmoqda.

Ular Yangi 2019-yilni dala boshida — maxsus ko‘chma kazarmada kutib oldi. Bayramona tashkil etilgan tadbirda ilg‘orlarga sovg‘alar ulashildi, qoraqalpog‘istonlik san’atkorlar ijrosida diltortar qo‘shiqlar kuylandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют