» » Hayot uchun kurashayotgan Hamidullohning taqdiriga befarq bo‘lmaylik!

Hayot uchun kurashayotgan Hamidullohning taqdiriga befarq bo‘lmaylik!


Hamidulloh Abdupattoyev 2018-yil 8-aprel kuni Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan.

Jajji Hamidulloh tug‘ma yurak yetishmasligi, yurak bo‘lmachalari va qorinchalari aro to‘siq nuqsoni, immunitet pastligi, kam vaznlilik (8 oylik holatiga 4 kilogramm 200 gramm), nimjonlik, xansirash va yurakning tez urishi va bir qancha kasallik alomatlari bilan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti jonlantirish bo‘limida davolangan.

Poytaxtdagi turli yetakchi tibbiy muassasalarga murojaat qilinib, MRT tekshiruvlaridan o‘tilgan, tibbiy tahlillar olinib, yetakchi mutaxassislardan maslahatlar olingan.

Bundan tashqari, Hindistondagi tibbiy muassasalarga MRT natijalari yuborilib, ularning fikrlari o‘rganilgan.

Shundan so‘ng, oila yaqinlari, yaxshi saxovatpesha insonlar ko‘magida bu dardni davolash uchun imkon qadar mablag‘ yig‘ishga xarakat qilishmoqda.

Jarrohlik yo‘li bilan davolash bo‘yicha Hindistondagi MAX+ klinikasi mutaxassislarining taklifi oilaga ma’qul kelgan.

Hindistondagi (MAX+) klinikasidan kelgan javob xatiga asosan Hamidullohda yurak operatsiyasini tez orada o‘tkazish zarur. MAX+ shifoxonasidagi mutaxassislar 6000—7000 AQSh dollari evaziga operatsiya qilishlarini aytgan.

Yani 58 000 000 so‘m, boshqa yo‘l xarajatlari( viza,ovir, samolyot avia chipta va boshqalar) 10 000 000 so‘m.

Umumiy xarajatlar 68 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Bugungi kunda saxovatpesha insonlar va Telegramdagi “Bemor Bolajon” guruxi ko‘magida 17 000 000 so‘m miqdorida mablag‘ to‘plangan bo‘lib, qolgan qismini to‘plashda oilaning moddiy tomondan imkoniyati yetarli emas.

Hamidullohni hozirda Toshkent shahrida joylashgan Akfa Medline xususiy tibbiy muassasasi shifokorlari tavsiyalari bilan vazn to‘plash va umumiy quvvatni oshirish maqsadida operatsiyaga tayyorlamoqda.

Buvisining so‘zlariga ko‘ra, Hamidulloh tug‘ma yurak porogi bilan dunyoga kelganidan beri oilaning xalovati yo‘q. Shu yilning fevral oyidan buyon ikkinchi nevarasini davolatish bilan ovora. Qolaversa, oilaning yolg‘iz o‘g‘li, Hamidullohning otasi ham YTH oqibatida og‘ir davolash kurslarini boshdan kechirgan. Jarrohlik amaliyotlarini o‘tagan.

Shu boisdan ham yurak porogidan aziyat chekayotgan Hamidullohni davolatishda,operasiya bo‘lishida oilaning qo‘li kaltalik qilmoqda.

“Farzandimning ahvoli kundan kunga og‘irlashib boryapti. Yuragidagi tug‘ma nuqson kengayligi sabab nafas olishida muammolar tug‘ilyapti. Burun lab uchburchagida ko‘karish kuzatilyapti.

Kuchli yo‘tal, umumiy holsizlik , tez charchash, xansirash, ishtahasizlik, yurak tez urishi isitma ko‘tarilishiga, ozib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Reanimatolog shifokorning aytishicha, farzandimni o‘pkasidagi bosim ikkinchi darajaga o‘tgan. Uchinchi darajada operasiya qilishni iloji, keragi bo‘lmay qolishi mumkin ekan. Vaqt oz qoldi. Yaxshi insonlardan imkon qadar xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman”, — deydi ko‘zlarida yosh bilan Hamidullohning onasi Munavvarxon.

Hozirda Hamidulloh va ota onasi Beruniyda ijarada yashashmoqda. Ijara to‘lovini xam to‘lashga imkoniyatlari yetmay qolgan.

Saxovatpesha aziz yurtdoshlar! Shu oilaning, ko‘z yoshi to‘kib turgan onaxonning tashvishi arishida, yana bir jajji bolaning shifo topishida, murg‘ak qalbi orom olishida o‘zimizning katta-kichik hissamizni qo‘shaylik.

Xayriya qilish istagidagi insonlar uchun ma’lumotlar:

Plastik karta orqali (Click, Payme)

Otasi Boboyev Mag‘rubjon nomiga ochilgan

Agrobank: 8600 0412 7646 2307

Paynet raqam:+99893 506 99 44

Agrobankning Toshkent shahar filialida Boboyev Mag‘rubjon nomiga ochilgan rekvizitlari:

MFO: 00394

INN: 201 200 124

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 4000 0039 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Pasport malumotlari:

BOBOEV MAGRUBJON

Onasi Munavvarxon Boboyevaning telefon raqami: +99899 601 14 52.

Otasi Mag‘rubjon Boboyevning telefon raqami:

+99899 404 75 53,

+99890 947 78 80



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 113) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют