» » O‘zbekistonda 2022-yilgacha 26 ta yangi madaniyat markazi quriladi, 121 tasi ta’mirlanadi

O‘zbekistonda 2022-yilgacha 26 ta yangi madaniyat markazi quriladi, 121 tasi ta’mirlanadi


Yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2018-yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va 2019-yilda ko‘zlangan rejalar yuzasidan o‘tkazilgan anjumanda ma’lumot berildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Prezidentning 2018-yil 28-noyabrdagi qarori asosida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish Konsepsiyasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan madaniyat va aholi dam olish markazlari negizida madaniyat markazlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu muassasalarni zamon talablariga mos ta’mirlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari olib borilmoqda. 2019—2022-yillarda 147 ta madaniyat markazida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Jumladan, 26 ta obyekt yangidan qurilsa, 45 tasi rekonstruksiya qilinishi belgilangan. Yana 76 ta madaniyat markazi kapital ta’mirlash ishlari olib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют