» » O‘zbekistondagi Sarmishsoy, Xonbandi, Zarautsoy qoyatosh rasmlari YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritiladi

O‘zbekistondagi Sarmishsoy, Xonbandi, Zarautsoy qoyatosh rasmlari YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritiladi


Sarmishsoy, Xonbandi, Zarautsoy qoyatosh rasmlari YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2018-yil davomida sohada amalga oshirilgan ishlar va 2019-yilda ko‘zlangan rejalar yuzasidan o‘tkazilgan anjumanda ma’lumot berildi, deb yozadi “Xalq so‘zi”.

Bu boradagi ishlar Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2019—2020-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”da o‘z aksini topgan.

Ta’kidlanganidek, xalqning umummilliy boyligi bo‘lgan madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va undan foydalanish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YuNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga, “Boysun madaniy muhiti”, “Shashmaqom musiqasi”, “Navro‘z”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov madaniyati va an’analari” nomzodlari Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga, Usmon Qur’oni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar to‘plami, Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilgani yurtimiz madaniy merosining dunyo miqyosida e’tirof etilganiga yorqin misol bo‘la oladi.

Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish va mamlakatning sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning o‘rni va ahamiyatini oshirish hamda moddiy madaniy meros sohasidagi davlat nazoratini tubdan takomillashtirish maqsadida vazirlikning Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi hamda uning mintaqaviy davlat inspeksiyalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik izchil davom ettiriladi. Yaqin kelajakda O‘zbekistondagi Sarmishsoy, Xonbandi, Zarautsoy qoyatosh rasmlari bilan birga “Sahrodagi qasrlar”, “Qadimiy Termiz” ob’ektlarini YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritish choralarini ko‘riladi. Shuningdek, mamlakat tarixi va madaniyatiga oid xorijiy davlatlardagi nomoddiy madaniy meros elementlarini yozib olish, ular asosida “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi” to‘plamini nashr etish, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan milliy musiqa asarlari orasidan madaniy qimmatga egalarini saralab, milliy musiqiy asarlar fonotekasini yaratish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют