» » SSSR Oliy Sovetining oxirgi raisi vafot etdi

SSSR Oliy Sovetining oxirgi raisi vafot etdi


SSSR Oliy Sovetining oxirgi raisi Anatoliy Lukyanov 9-yanvar kuni 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

1953-yilda Moskva davlat universtiteti yuridik fakultetini tamomlagan Anatoliy Lukyanov 1956-yili SSSR Ministrlar kengashida ish boshladi, 1961-yildan boshlab esa SSSR Oliy Soveti Prezidiumida faoliyatini davom ettirdi.

1976—1977-yillarda SSSR Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etdi.

1990-yilda, Mixail Gorbachyov Sovet Ittifoqi prezidenti etib saylanganidan so‘ng SSSR Oliy Sovetini boshqardi. 1991-yili GKCHP faoliyatida ishtirok etgan va hokimiyatni egallashga uringani uchun hibsga olingandi. 1994-yilda avf etildi.

U 1993-yilda Rossiya davlat dumasi deputati etib saylangan, 1994—2000-yillarda Rossiya Kommunistlar partiyasi markaziy qo‘mitasi prezidiumi tarkibiga kirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют