» » O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar notarial xizmatlar uchun to‘lanadigan to‘lovlardan ozod qilindi

O‘zbekistonda ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar notarial xizmatlar uchun to‘lanadigan to‘lovlardan ozod qilindi


O‘zbekistonda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlari notarial harakatlar uchun to‘lanadigan pullik xizmat to‘lovlaridan ozod qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Xabaringiz bor, Soliq kodeksining 331-moddasiga asosan aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlari notarial xizmatlardan foydalanganligi uchun davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan edi.

Biroq, mazkur shaxslar notarial harakatni rasmiylashtirganda huquqiy maslahat berganlik, hujjatlar loyihasini tuzganlik va mol-mulkka nisbatan taqiq tekshirilganligi uchun haq undirish masalasi ochiq qolgan edi.

Endilikda 2019-yilning 10-yanvaridan boshlab aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari hamda ayrim tashkilotlar notariusga murojaat qilganda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lashdan ozod qilindi.

Ushbu o‘zgartirish Prezidentimiz tomonidan 2019-yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan Adliya vazirining joriy yil 9-yanvar kuni imzolangan buyrug‘iga asosan tatbiq etilmoqda.

Misol uchun, bugunga qadar pensiyadagi shaxs pensiya pullarini olish uchun biror shaxsga ishonchnoma berganda notariuslar tomonidan eng kam oylik ish haqining 15 foizi, ya’ni 30 409 so‘m miqdorida pullik xizmat undirib kelingan edi.

Bundan buyon, nafaqadagi shaxs pensiya pullarini olish uchun ishonchnoma berganda notariuslar tomonidan hech qanday to‘lovlar undirilmasligi belgilandi.

Ma’lumot uchun, 2018-yil davomida jami 117 102 ta bunday turdagi ishonchnomalar tasdiqlangan bo‘lsa, undiriladigan huquqiy va texnik tusdagi harakatlar uchun to‘lov miqdori 2 milliard 374 million so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, notarial xizmatlar uchun to‘lanadigan pullik xizmat to‘lovlaridan ozod qilinadigan shaxslar toifalariga ham aniqlik kiritildi. Bular:

Fuqarolar:

Joriy etilayotgan ushbu yangilik aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga imtiyozli tarzda notaril xizmatlar ko‘rsatishga imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют