» » Jahongir Ortiqxo‘jayev Pokiston elchisini qabul qildi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Pokiston elchisini qabul qildi


Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Pokiston Islom Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf Shami bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston aloqalarining ko‘lami so‘nggi ikki yilda yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi. Muzokaralarda Pokiston sarmoyadorlari ishtirokida investitsion loyihalarni amalga oshirish, bu borada bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama etildi.

Xususan, hamkorlikda maktabgacha ta’lim muassasalarini barpo etish, ularda innovatsion ta’lim tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Toshkent va Islomobod shaharlari o‘rtasida aviareyslarni qayta tiklash, yuk tashish va ikkala mamlakat poytaxtlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalarini imzolash bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют