» » Malayziyaning A Farm Argotech Sdn Bhd kompaniyasi Xorazmda baliqchilik klasterini tashkil etishni rejalashtirmoqda

Malayziyaning A Farm Argotech Sdn Bhd kompaniyasi Xorazmda baliqchilik klasterini tashkil etishni rejalashtirmoqda


Malayziyaning yetakchi baliqchilik kompaniyalaridan biri A Farm Agrotech Sdn Bhd Xorazm viloyatida klaster tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Intensiv baliqchilik klasteri kompleks ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Bu yerda inkubatsion sexlar, baliq va uvuldiriqlar ishlab chiqarish, baliqlar uchun tarkibida oqsil yuqori bo‘lgan ozuqa chiqarish, shuningdek, baliqchilik mahsulotlarini qayta ishlash va saqlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

A Farm Agrotech Sdn Bhd kompaniyasi o‘ndan ortiq baliq turini ishlab chiqarishni ta’minlovchi zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarga ega. Kompaniyaning haftalik baliq ishlab chiqarish hajmi 10 tonnadan ortiqdir. Mahsulotlar Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinadi.

Bundan tashqari, A Farm Agrotech Sdn Bhd kompaniyasi O‘zbekistonda zamonaviy baliqchilik xo‘jaliklarini tashkil etish sohasida treninglar o‘tkazish xizmatini taklif etmoqda.

24-yanvar kuni O‘zbekistonning baliqchilik sohasidagi kompaniyalari bilan mazkur investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha rejalarni muhokama qilish uchun muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют