» » 4 yil Rossiyada ishlab, muhojirlikdan kechib kelgan yigitga Yoshlar ittifoqi kredit berdi

4 yil Rossiyada ishlab, muhojirlikdan kechib kelgan yigitga Yoshlar ittifoqi kredit berdi


Rossiyada qora mehnat qilib yurgan jizzaxlik yigit muhojirlikdan kechib vatanga qaytdi. U o‘z qishlog‘ida Yoshlar ittifoqi yordamida kredit olib yangi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Jizzax viloyatining barcha tuman-shaharlarida “Yoshlar – munosib mehnat va tashabbuskorlik” mavzusida o‘tkazilayotgan “Sayyor qabul”larda hudud yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqda, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topib, ko‘plab masalalarda huquqiy ko‘mak olmoqda. Ayniqsa, xorijda ishlab, yashash manziliga qaytib kelgan yoshlar mamlakatda ularga qaratilayotgan e’tibor va imtiyozlardan xabardor bo‘lib, o‘zlari uchun munosib ish topishga, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun imtiyozli kredit olishga muvaffaq bo‘layotir.

— 4 yil Rossiya davlatida ishlaganman, — deydi arnasoylik Bobur Zulinov. — Vatandan olisda, ota-ona va yaqinlar mehr-e’tiboridan uzoqda yashash qiyin. Ayniqsa, kuchga to‘lgan paytimda o‘z yurtimda qiziqqan sohamda ishlamasdan, o‘zga yurtda qora mehnatda umrim o‘tayotgani meni qiynab kelardi. Internet saytlari orqali O‘zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan doim xabardor bo‘lib turardim, bu haqda do‘stlarimdan ham eshitardim. 2018-yilda yurtimizga qaytib keldim. Bolaligimdan musiqaga qiziqaman, bu sohada ma’lum bilim va ko‘nikmalarim ham bor. Shu bois ishlab topgan pulimga musiqa va ovoz yozish jihozlarining bir qismini sotib oldim. Hozir tumanimizdagi Musiqa va san’at maktabida musiqa va ovoz yozish bilan shug‘ullanaman. Jihozning qolgan qismi uchun kredit olish maqsadida Yoshlar ittifoqining sayyor qabuliga keldim. “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi orqali imtiyozli kredit olishim mumkinligini aytib, shu yerning o‘zida manzilli rejaga kiritishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют