» » Xorijda yashovchi o‘zbekistonliklar xorijga chiqish pasportini diplomatik vakolatxonalardan olishi mumkin

Xorijda yashovchi o‘zbekistonliklar xorijga chiqish pasportini diplomatik vakolatxonalardan olishi mumkin


Xorijda yashovchi o‘zbekistonliklar yangi xorijga chiqish pasportlarini 2019-yildayoq O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalaridan olishi mumkin, deb yozadi “Podrobno.uz”.

“TIV konsullik boshqarmasida ma’lumotlarni to‘plash tizimini o‘rnatdik. 2019-yil davomida barcha konsullik muassasalari va elchixonalar ham mazkur tizim bilan ta’minlanadi. Biz ma’lumotlarni internet orqali uzata va yuklay olmaymiz, bu xavfsizlik masalasi bilan bog‘liq. Rejalarga ko‘ra, yil davomida bu masalani yopamiz va xorijdagi fuqarolarimiz O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilib, mazkur hujjatlarni olishi mumkin”, — deya xabar qildi Davlat personallashtirish markazi direktori Najmiddin To‘raxo‘jayev.

Bugungi kunga qadar Toshkentda 570 dan ortiq xorijga chiqish pasporti berilgan. Xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat boji EKIHning 120 foizini (243 276 so‘m) tashkil etadi. 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat boji EKIHning 80 foizini (162 184 so‘m) tashkil etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют