» » Ektor Kuper: ?“Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz?”

Ektor Kuper: ?“Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz?”


Osiyo Kubogi—2019 musobaqasi so‘nggi turi doirasida 17-yanvar, payshanba kuni Yaponiya—O‘zbekiston uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yindan oldin argentinalik mutaxassis Ektor Kuper ham matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Ertaga Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynaymiz. Lekin biz faqat ertangi bahs haqida o‘ylayotganimiz yo‘q. Chunki 1/8 finalga chiqib bo‘ldik. Ba’zi futbolchilarga dam beramiz. O‘yinchilar jarohat olmasliklari uchun ularni o‘ylashimiz kerak. Maqsadimiz Yaponiyani mag‘lub etib, guruhda birinchi o‘rin bilan keyingi bosqchiga chiqish”, — deya so‘z boshladi Kuper.

— Muddatdan avval guruhdan chiqish vazifasi bajarildi. Ertaga tarkibda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? Yaponiyaga qarshi qanday syurpriz bor?

— Ertaga faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz. Lekin dastlabki ikki uchrashuvda 180 daqiqa davomida o‘ynagan futbolchilarga dam beramiz. Bundan tashqari sariq kartochkasi bor o‘yinchilarni ham asraymiz. Afrika Kubogida jamoa yaxshi o‘ynagan paytda tarkibdagi futbolchilarga dam bermagandim. Keyin o‘sha o‘yinchilarda charchoq alomatlari sezilib qolgandi. O‘sha tajribadan keyin hozir o‘zgarishlar qilmoqchiman. Aynan kimlar zaxirada qolishini bugungi mashg‘ulotdan keyin aniqlab olamiz.

— Oldin Afrika kubogida ishtirok etgansiz. Osiyo Kubogi haqida nima deya olasiz?

— Ertaga tarkibda o‘zgarish bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi farqi yo‘q — maqsadimiz Yaponiyani mag‘lub etish. Tarkibdagi 23 nafar futbolchi maydonga tushishga tayyor. Raqib Avstraliya bo‘ladimi yoki boshqami farqi yo‘q, istalgan jamoa syurpriz taqdim etishi mumkin. Agar sen Osiyo Kubogini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsang, har qanday raqibni mag‘lub etish kerak. Osiyo Kubogidagi jamoalar darajasi Afrika Kubogidan yuqoriroq turadi.

— Yaponiyani to‘xtatish vaqti keldi deb hisoblaysizmi?

— Statistikani hurmat qilaman. Biroq bu — tarix. Futbolda har qanday holat yuz berishi mumkin. O‘yin paytida statistika yoki oldingi o‘yinlar haqida o‘ylamaymiz. Masalan, Ummon bilan o‘yinlarda biz ko‘proq yutqazgan ekanmiz, biroq Osiyo Kubogida ularni mag‘lub etdik.

— Yaponiya haqida nima deysiz? Ularning kuchli va kuchsiz tomoni nimada? 

— Bu haqida o‘zim biladigan narsalarni hozirgi matbuot anjumanida aytib o‘tirmayman. Raqib haqida faqat uchta jihatni keltirishim mumkin: tarixi buyuk, pressingi kuchli va tezkor jamoa. Ammo har qanday kuchli jamoani ham mag‘lubiyatga uchratish mumkin. Biz shunga harakat qilamiz.

— Ertaga o‘yindan keyin ikkita yo‘l bor. Al-Aynda qolib Avstraliyaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rish yoki Sharjaga qaytish. Sizga qaysi biri ma’qul?

— Avvalo men faqat yutishni xohlayman. Eng muhimi uch ochko. BAAda hamma shahar chiroyli. Men shahar ajratmayman. Bizga qilinayotgan sharoitlar zo‘r. Qaysi shaharda bo‘lishning farqi yo‘q.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют