» » O‘zbekistonda oilaviy ajrimlarning asosiy sabablaridan biri — uchinchi tomonning aralashuvi

O‘zbekistonda oilaviy ajrimlarning asosiy sabablaridan biri — uchinchi tomonning aralashuvi


Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida xotin-qizlar va oila institutiga doir masalalar muhokama etildi, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyevaning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarning borligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimi, ma’naviyat sohasidagi muammolarning yig‘ilib qolgani farzandlar, ayollar, oilalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hozir ushbu muammolarni hal qilishga jadal kirishilgan. Bu borada birinchi qadam qo‘yildi. Ayollarning ijtimoiy muammolarini, uy-joy masalasini hal qilish, nogironligi bo‘lgan ayollarga alohida e’tibor qaratish, bundan tashqari, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida harakatlar qilinmoqda. Joriy yil davomida 2 ming 10 ta uy-joy qurilib, nogiron va muhtoj ayollarga berilishi rejalashtirilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilorom Fayziyeva joriy yilda qonunchilikda ayollar masalasiga doir ishlab chiqiladigan me’yoriy hujjatlar xususida so‘z yuritdi.

Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, oilaviy ajrimlarning asosiy sabablaridan biri uchinchi tomonning aralashuvi ekan. Vaholanki, nikohning taqdirini faqat ikki kishi — shu nikohda bo‘lganlar belgilaydi. Ana shulardan kelib chiqib, nikohning buzilishida aralashgan, ishtirok etgan uchinchi shaxsga nisbatan ham jazo qo‘llash, qonunlarda aks ettirish taklifi bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют