» » Malaka oshirish davrida o‘qituvchilarning maoshi saqlanadimi?

Malaka oshirish davrida o‘qituvchilarning maoshi saqlanadimi?


Malaka oshirish kurslari davrida o‘qituvchilarning ish haqi saqlanishi haqidagi savolga Xalq ta’limi vazirligining rasmiy kanali javob beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi “Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 69-bandiga ko‘ra buyurtmaga kiritilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun o‘qishning barcha davrida ularning asosiy ish joyi bo‘yicha egallagan lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi, ularning o‘quv yuklamasi esa boshqa a’zolar o‘rtasida taqsimlanadi.

Shuningdek, ishdan ajralgan holda hududiy markazlarga malaka oshirishga boshqa hududlardan yuborilgan tinglovchilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘qishga borish va undan qaytish bo‘yicha bir martalik yo‘l haqi xarajatlari ularni yuborgan tomon hisobidan qoplanishi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют