» » 2018-yilda Toshkent viloyatida yo‘lovchi tashuvchilar tomonidan 1 896 ta qoidabuzarliklar aniqlandi

2018-yilda Toshkent viloyatida yo‘lovchi tashuvchilar tomonidan 1 896 ta qoidabuzarliklar aniqlandi


Toshkent viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘lovchi tashish faoliyatida harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasida 2018-yilda amalga oshirilgan ishlarni tahlil qildi. Bu haqda “O‘zA” xabar berdi.

Unga ko‘ra, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan alohida reydlar davomida yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari haydovchilari tomonidan 1 896 marotaba yo‘llarda harakatlanish qoidabuzarliklari, jumladan, tegishli hujjatlarsiz 102 ta, texnik nosoz holda 20 ta, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tmagan 4 ta, tegishli ruxsatsiz qayta jihozlangan 17 ta, odam tashish qoidasini buzgan 719 ta va boshqa qoidabuzarliklar 1 034 ta bo‘lib, litsenziyasiz aholiga transport xizmati ko‘rsatish holatidan 3 758 ta aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Eng achinarlisi, o‘tkazilgan targ‘ibot suhbatlari hamda olib borilayotgan tushuntirish ishlariga qaramasdan Olmaliq shahridagi “Nekst Lap” MChJ haydovchisi Adhamjon G‘afurov, Parkent tumanidagi “Parkent avtobus saroyi” MChJ haydovchisi Baxit Alimbayev, Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq Mega Star” MChJ haydovchisi Saidkarim Saidqosimov hamda Ohangaron tumanidagi “Shoxruh Ilg‘or Trans” MChJ haydovchisi Norali Imomovlar harakat qatnashchisi bo‘la turib, boshqaruvda mast holda bo‘lishgani sababli ularga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 29) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют