» » Italiyaning Sambuka shahridagi uylar 1 yevro evaziga sotiladi

Italiyaning Sambuka shahridagi uylar 1 yevro evaziga sotiladi


Italiyaning Sambuka shahri rasmiylari tarixiy binolarning har biri 1 yevroga sotilishini e’lon qildi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Italiyaning boshqa shaharlaridagi kabi Sambukada ham aholi sonining keskin qisqarishi yuz berdi. Qariyalar vafot etyapti, yoshlar katta shaharlarga ko‘chib ketyapti.

“Biz aholiga ajoyib bitim taklif qilyapmiz. Bu e’tibor tortish uchun qilinadigan reklama emas. 1 yevrodan sotuvga qo‘yilgan uylarning hammasi shahar hokimiyatiga tegishli. Shuning uchun bu yerda hech qanday dallollar bo‘lmaydi,” — deydi Sambuki merining o‘rinbosari va turizm bo‘yicha maslahatchisi Juzeppe Kachioppo.

Lekin yangi xaridorlar uyni o‘z hisoblaridan ta’mirlashi kerak bo‘ladi. Bunday eski uylardan ko‘pi kapital ta’mir va mo‘maygina sarmoya talab qiladi. Sotuvga 40 kvadrat metrdan 150 kvadrat metrgacha bo‘lgan uylar qo‘yilgan. Ta’mirlash uchun 15 ming yevrodan (tahminan $ 17,2 ming) kam pul ketmaydi.

Shuningdek, yangi uy egalari shahar g‘aznasiga 5 ming yevro ($ 5,7 ming) miqdorida garov puli to‘lashi kerak. Ta’mir tugagach, bu pullar yana to‘liq qaytarib beriladi. Shunday qilib, $ 1 dan sal ko‘proq investitsiya aslida $ 23 ming harajatni talab qiladi.

Lekin Kachiopponing ta’kidlashicha, uylar shunga arziydi. Chunki Sambuka “Nur shahri”, “Yerdagi jannat” nomlari bilan mashhur.

“Biz tarixni o‘zida jamlagan tabiat qo‘riqxonalarida joylashganmiz. Ajabtovur sohillar, o‘rmonlar, tog‘lar bizni o‘rab turadi. Bu yerlar dam olish uchun tinch, osoyishta va rohatbahsh joy,” — deydi Kachioppo.

Hozirgacha bir qancha uylar sotib bo‘lindi.

Ma’lumot uchun: Sambuka 2016-yil “Eng go‘zal shahar” deya e’tirof etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 38) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют