» » Rossiyaliklar O‘zbekistonda Yangi yil bayramlarida 1,4 mln dollardan ortiq mablag‘ sarfladi

Rossiyaliklar O‘zbekistonda Yangi yil bayramlarida 1,4 mln dollardan ortiq mablag‘ sarfladi


Visa kartalariga ega bo‘lgan rossiyaliklar O‘zbekistonda 1-yanvardan 10-yanvarga qadar 1,4 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan. Bu haqda “RBK” ma’lumotiga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

Visa xalqaro to‘lov tizimi ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyaliklar O‘zbekistonda shu davr ichida xorijiy fuqarolar tomonidan sarflangan xarajatlarning 50 foizga yaqinini amalga oshirgan.

Taqqoslash uchun Rossiya fuqarolari Belarusda 13 million dollar, Armanistonda — 2,8 million dollar, Tojikistonda — 525 ming dollarga teng mablag‘ni sarflagan.

Rossiyaliklarning Visa kartalari bo‘yicha xarajatlari hajmi bo‘yicha mamlakatlar o‘nligiga BAA (22 million dollar), Tailand (21 million dollar), AQSh (17 million dollar), Fransiya (16 million dollar), Germaniya (14 million dollar) va Ispaniya (14 million dollar) joy oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют