» » Jamshid Kenjayevni oldirganlikda gumonlanayotgan Shodali Qilichov: Uni oldirishni xohlamagandik

Jamshid Kenjayevni oldirganlikda gumonlanayotgan Shodali Qilichov: Uni oldirishni xohlamagandik


21-yanvar kuni jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Shodali Qilichov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Hamrayev va Jahongir Yorqulovlarga nisbatan jinoyat ishini korib chiqish boyicha ochiq sud majlisi boshlandi.

2018-yilning 8-avgustidan 9-avgustiga otar kechasi, taxminan, soat 00:25 larda Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubi oldida janjal oqibatida erkin kurash boyicha xalqaro toifadagi sport ustasi 25 yoshli Jamshid Kenjayevolamdan otgan edi.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari boyicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Miragzamovdan iborat sud tarkibida korib chiqilmoqda.

Ish boyicha raislik qiluvchi S. Karimov Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oldirish) 2-qismi v, j bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Shodali Qilichov (1989-yilda Toshkent shahrida tugilgan, ozbek, Ozbekiston Respublikasi fuqarosi, malumoti orta-maxsus, Aurum898tungi klubida qoriqchi bolib ishlagan, muqaddam sudlangan), Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi g bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Saidazim Kamoldinov (1994-yilda Fargona viloyatida tugilgan, ozbek, Ozbekiston Respublikasi fuqarosi, malumoti orta, Aurum898tungi klubida qoriqchi bolib ishlagan, muqaddam sudlanmagan), Alijon Hamrayev (1982-yilda Samarqand viloyatida tugilgan, ozbek, Ozbekiston Respublikasi fuqarosi, malumoti orta, Aurum898tungi klubida qoriqchi bolib ishlagan, muqaddam sudlangan) va Jahongir Yorqulov (1992-yilda Samarqand viloyatida tugilgan, ozbek, Ozbekiston Respublikasi fuqarosi, malumoti orta, Aurum898tungi klubida qoriqchi bolib ishlagan, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoiy ish korilayotganligini elon qildi.

Repost.uz sudlanuvchi Shodali Qilichevning korsatmalarini keltirib otdi. Quyida uning korsatmasi toligicha etiboringizga havola etiladi.

Biz osha kuni kechqurun kochada ishlayotgandik. Mening vazifam tungi klubga kirayotgan mehmonlarni tekshirish edi. Chetroqda turgandim, shu payt Kenjayev kelib qoldi. U oq shim kiyib olgandi. U yerda klubda anchadan beri ishlayotgan qoriqchilar ham turgandi, Jamshid ular bilan sorashdi, men uning ismi Jamshid ekanligini keyinroq bildim.

Eshik oldida Volodya turgandi. U Jamshidni ichkariga kiritmadi. Volodya Jamshidga Narsalaringni shu yerda qoldir, bizga ishonmasang mashinangga tashlab kir, keyin ovolasan, dedi. Jamshidning qolida pichoq bor edi. Men unga yaqinlashdim va pichoq bilan ichkariga kirish mumkin emasligini aytdim. Unga Aka, qolingizdagini tashlab, kirib ketavering, men bu yerga yangi kelganman, deb aytdim. Shunda Jamshid Tur, yoqol, dedi. Biz mijozlarga hurmat bilan sizlab murojaat qilishimiz kerak.

Eshik oldida onamning ukasi togam turgandi. U ham Jamshidga pichoq bilan ichkariga kirish mumkinmasligini aytganida, Jamshid togamga qopollik qilib Ey, qolingni tort! dedi.

Jamshid togamga qol kotardi, togam uni itarib yuborganida Jamshid yiqildi.

Jamshidni itarishayotganlarida men bunday qilish mumkin emasligini aytdim. U pichogini olib, bizga yaqinlasha boshladi. Keyin togam Sheralining koksiga pichoq bilan bir marta zarba berdi. U yerda Jamshidning dosti ham bor edi. Aniq eslolmayapman

Osha paytda ahvolim shunaqa ediki, hozir tasvirlab berolmayman. Biz uni oldirishni istamagandik, bunaqa maqsadimiz yoq edi. Shunchaki, uni qurolsizlantirmoqchi edik. U yerda mehmonlar, ayollar bor edi.

Undan pichoqni tashlashini soradim, u tashlamadi, battar dargazab boldi. U pichoqni togamning tomogiga tiradi, togam Pichoqni olinglar, pichoqni olinglar deb takrorlardi.

Togamning koksidan qon oqa boshlagandi. Men pichoq bilan 56 marta Jamshidning boshiga urdim, shunday qilsam u pichoqni tashlaydi deb oylagandim, lekin u tashlamadi. Uni oldirish hayolimda ham yoq edi. U pichoqni tashlamaganini korib, ozimni yoqotib qoydim. U jinsi va futbolka edi, usti qon bolib ketdi. Nima qilayotganimni bilmay qoldim.

Shundan keyin boshqa bolalar yugurib kelishdi, tez yordam chaqirishni aytib baqira boshlashdi. Biz ish vaqtida telefondan foydalanmaganimiz uchun hech kimda telefon yoq edi. Shu paytda IIB xodimi kelib qoldi. Biz unga pichoqlarni topshirdik, janjal tugadi. IIB xodimi yostiq olib kelishimizni aytdi, biz yostiqqa Jamshidning boshini qoydik, suv olib kelib, tez yordamni kuta boshladik. Men pichoqni Amir degan bolaga bergandim, u tez yordam chaqirdi. Tez yordam taxminan 35 daqiqalarda keldi. Bungacha IIB xodimi hamma malumotlarni yigdi.

Biz Jamshidni oldirishni istamagandik, niyatimiz uni qurolsizlantirib ichkariga kiritish edi. Ichkarida ayollar, chet elliklar bor edi, shuning uchun maqsadimiz Jamshidni qurolsizlantirish edi.

Oldirish hayolimda ham yoq edi, lekin ikki oyligimdan meni katta qilgan togamga hujum qilganini korganimdan keyin ozimni tutolmay qoldim.

Biz qochib ketsak ham bolardi, lekin bu hayolimizga ham kelgani yoq. Men marhumning ota-onasi va rafiqasidan kechirim sorayman.

Malumot uchun, ushbu jinoyat ishi boyicha keyingi sud majlisi 23-yanvar kuni bolib otadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (22-01-2019, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -