» » Samarqandda jinoyatchilik 2017-yilga nisbatan 32 foizga kamaydi

Samarqandda jinoyatchilik 2017-yilga nisbatan 32 foizga kamaydi


Samarqand viloyatida 2018-yilda 5215 ta umumiy jinoyatlar sodir etilgan bo‘lib, 2017-yilga nisbatan 32,1 foizga (7691 ta) kamayishiga erishilgan. Bu haqda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati va uning quyi tizimlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining yil yakuni bo‘yicha amalga oshirgan ishlari sarhisobi bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda aytib o‘tildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev.

Muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 1137 tadan 755 taga, xotin-qizlar tomonidan 741 tadan 623 taga, yoshlar tomonidan 2168 tadan 1584 taga, ishsizlar tomonidan 970 tadan 521 taga kamayishiga erishilgan.

Viloyatdagi 1087 ta mahallaning 466 tasida jinoyatlar soni kamaygan bo‘lsa, 274 tasida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. O‘tgan yilda 5008 ta nizoli oilalar aniqlanib, ularning 4776 tasi yarashtirish komissiyasida muhokama etilgan. Muhokama natijasiga ko‘ra, 4650 ta oilalar yarashtirilib, 1583 ta yosh oilalarning ajrashib ketishi oldi olingan.

Yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining buyrug‘i bilan, ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan 30 nafar profilaktika inspektorlariga pul mukofotlari va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan 3 ta shahar-tumanlar IIB boshliqlariga diplom va kompyuter to‘plamlari, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasiga bo‘ysunuvchi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga “Damas” avtomashinasi topshirildi. Bundan tashqari mahallalarda keng jamoatchilik bilan hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, samarali natijalarga erishgan 3 nafar profilaktika inspektorlari pul mukofotlari bilan rag‘batlantirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют