» » Buxorodagi avtobus halokati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi (foto)

Buxorodagi avtobus halokati bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi (foto)


Joriy yilning 23-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat Vobkent tuman sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 186-moddasi 4-qismi ”a, b” bandlari (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish natijasida odamlar o‘limi va og‘ir oqibatlarga olib kelish),  228-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan takroran hujjatlarni qalbakilashtirish) va 228-moddasi 3-qismi (hujjatning qalbaki ekanligini bila turib undan foydalanish) bilan Sharopov Uchqun Tolibovich, Yaxshiyev Umrzoq Hamroyevich, Narzullayev Sarvar G‘aybullayevich, Toshev Bobir G‘aybullayevich va Roziqov Namoz Shavkatovichlarning ishi yuzasidan sud jarayoni boshlandi. Sud majlisining dastlabki kunida davlat ayblovchisi tomonidan sudlanuvchilarga nisbatan tuzilgan ayblov xulosasini o‘qib eshittirib, sudlanuvchilar va jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglandi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat Vobkent tuman sudi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Voqea tafsiloti: 2018-yil 18-sentabr kuni soat taxminan 7:30 larda ASGTKShga kelgan fuqaro V.Qobilov boshqaruvidagi Isuzu rusumli davlat belgisi 80 Y 120 KA raqamli aholiga transport xizmati ko‘rsatuvchi avtobusga belgilangan 200 KPa me’yoridan ortiqcha bosimda gaz to‘ldirib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan xizmat ko‘rsatib, avtomashinaga o‘rnatilgan gaz balloni yuqori bosimda gaz to‘ldirishi natijasida, avtobus haydovchisi V.Qobilov shoxobcha oldida kutib turgan yo‘lovchilarni avtomashinaga mindirib, shoxobchadan chiqib taxminan 1 km.gacha bo‘lgan masofa yurgandan so‘ng, Kogon tumani hududidan o‘tgan A-380 avtomobil yo‘lining “Kogon-Qorovulbozor” yo‘nalishida harakatlanib ketayotganida, 201 km.da gaz balloni portlaganligi natijasida avtobus salonida bo‘lgan yo‘lovchilar N.Jumayeva, G.Roziqova, R.Sa’dulloyeva, F.Ergashevalar voqea joyida, H.Jumayeva Kogon shahar tibbiyot birlashmasida vafot etishgan, haydovchi V.Qobilov og‘ir, qolgan yo‘lovchilar F.Botirova o‘rtacha og‘ir, A.Nasulloyev, S.Jo‘raqulova, M.Jabborova, F.Atoyeva, S.Jo‘raqulova, M.Sanoyev, V.Ergashev, G.Roziqova, A.Shohnazarova, G.Roziqova, X.O‘rinova, M.Begmurodovalar yengil jarohat olganlar hamda avtobus shikastlanishi natijasida uning egasi V.Qobilovga 58 226,2 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazib, odamlar o‘limiga va boshqa og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-sentabrdagi 763-f-sonli qarori qabul qilinib, qarorga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o‘rinbosari N.S.Otajonov raisligada komissiya tuzilib, komissiya zimmasiga ushbu fojia sodir qilinishiga olib kelgan sabablarni o‘rganish, vafot etganlar va jarohatlanganlarga har tomonlama yordamlar ko‘rsatish ishlar amalga oshirilgan edi.

O‘z navbatida Buxoro viloyat hokimining 2018-yil 19-sentabrdagi 291f-sonli farmoyishi qabul qilinib, mazkur fojia natijasida halok bo‘lganlarning oilalariga 10 000 000 so‘mdan, jarohat olganlarga 5 000 000 va 2 000 000 so‘mdan moddiy yordamlar ko‘rsatilgan edi.

Sud majlisiga 2018-yil 30-yanvarga qadar tanaffus e’lon qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют