» » O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilarini kasbiy yo‘naltirish bo‘yicha loyiha ishga tushdi

O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilarini kasbiy yo‘naltirish bo‘yicha loyiha ishga tushdi


O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuqori sinflarda o‘quvchilarni kasbiy yo‘naltirish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshirilmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.

Loyiha doirasida maktab o‘quvchilari kelajakdagi kasbni tanlashga yordam beruvchi psixologik testdan o‘tmoqda, shuningdek, turli yo‘nalishlarda muvaffaqiyatga erishgan kattalar bilan muloqot qilmoqda.

Pilot loyihada Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining 5 ta maktabidan 929 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda. Test va seminarlarni MyWay kasbiy yo‘naltirish markazi o‘tkazmoqda.

Bugun, 24-yanvar kuni Toshkent shahrida testdan o‘tgan bolalar bilan O‘zbekistonning IT sohasi vakillari: MyTaxi, Express24 va Workly asoschilaridan biri Akmal Payziyev, alwaysprom.com va smcfashion.som asoschisi Nodir G‘ulomov, NAPA TEAM asoschisi Umid Abdusattorov, Paynet va Lebazar.uz asoschisi Botir Orifjonov va Bulavka.uz internet do‘konining mahsulotlar bo‘yicha menejeri Azamat Shomuzafarov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o‘smirlar tadbirkorlarga o‘zlarining savollarini berdi va kasb tanlash uchun foydali tavsiyalar oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют