» » O‘zbekistonda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi


Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi Davlat raqobat qo‘mitasining qimmatli qog‘ozlar bozorini va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish borasidagi barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Agentlik o‘z faoliyatida Bosh vazirga bo‘ysunadi hamda fond birjalari, qimmatli qog‘ozlar bozori va lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalovchi organ hisoblanadi.

Qaror bilan byudjetdan tashqari Kapital bozorini rivojlantirishga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi.

2019-yil 1-sentyabrgacha qonun hujjatlariga qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, shuningdek, agentlikning ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan jarimalar qo‘llash va ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun ishlab chiqiladi.

2019-yil 20-dekabrgacha Kapital bozorini rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют