» » 2018-yilda O‘zbekistonda yuz bergan YTHda 2262 kishi halok bo‘ldi

2018-yilda O‘zbekistonda yuz bergan YTHda 2262 kishi halok bo‘ldi


O‘tgan yili O‘zbekistonda yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2262 kishini tashkil qilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

2017-yil bilan taqqoslaganda ushbu ko‘rsatkich 8,5 foizga kamaygan, ammo raqam yuqoriligicha qolmoqda — kuniga 6,2 kishi.

Yo‘l halokatlarida jabrlanganlar soni 8458 kishini tashkil qilib 12,2 foizga tushgan.

Qayd etish joizki, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘zining hisobotlarida boshqacha ma’lumotlarni keltiradi.

Masalan, agar 2016-yilda O‘zbekiston 2496 nafar qurbon haqida xabar bergan bo‘lsa, BST ushbu raqamni 3617 kishi deb ko‘rsatgan. BST raqamlardagi tafovutni turli mamlakatlardagi turli hisob-kitob metodologiyasi bilan izohlaydi.

Xalqaro tashkilot O‘zbekistonda aholi yashash punktlarida ruxsat etilgan maksimal tezlik (70 km/s), xavfsizlik kamarlari va bolalar o‘rindiqlarining o‘rnatilishida talablarning yetarli emasligini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют