» » Namanganda xorijda ishlab qaytgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Namanganda xorijda ishlab qaytgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Namangan shahridagi Yoshlar markazida xorijda ishlab qaytgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashining raisi Abdulaziz Mo‘minovning ta’kidlashicha, mazkur muloqotdan ko‘zda tutilgan maqsad xorijdan qaytgan yoshlar bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning rejalari bilan tanishish, ularni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Viloyat Bandlikka ko‘maklashish bosh boshqarmasi vakili Kamolxon Yusupovga ko‘ra, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tomonidan qiyin holatdagi yurtdoshlarni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda. Mazkur choralar tufayli kelgusida 300 nafarga yaqin yoshning viloyatga qaytishi rejalashtirilgan.

Tadbirda “Xorijda ishlash uchun ketayotgan va yashash manzillarga qaytgan yoshlarning salomatligi va gigiyena qoidalari”, “E’tiqod, iymon va diniy tarbiya: yoshlarning diniy va dunyoviy bilimlarini oshirish”, “Tadbirkorlik va shaxsiy biznesni yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyatlar”, “Shaxsiy tomorqadan samarali foydalanish, dehqonchilik faoliyatidan yuqori daromad olish yo‘llari” mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.

Yoshlar uchun bepul tibbiy ko‘rik, mehnat yarmarkasi, hunarmand va tadbirkorlarning ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Ochiq muloqot doirasidagi yarmarkada Namangan shahridagi korxona va tashkilotlar 360 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Unda xorijdan qaytgan 51 nafar yigit-qiz ishga yo‘llanma oldi, 13 nafari shu yerning o‘zida ishga qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют