» » Andijonda qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanayotgan 100 dan ortiq tadbirkor yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Andijonda qurilish materiallari savdosi bilan shug‘ullanayotgan 100 dan ortiq tadbirkor yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi


2019-yil 1-yanvardan qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda “Daryo”ga Andijon viloyat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi ma’lum qildi.

Bu tartib Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi“Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash to‘risida”gi qaroriga asosan belgilandi.

Shahrixon tumani “Shoh” ko‘chasining ikki tomonida asosan qurilish mahsulotlari bilan savdo qilayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar joylashgan. Ularning ayrimlari bu qarordan “bexabar”ga o‘xshaydi. To‘g‘rirog‘i, bilishsa ham turli bahonalarni ro‘kach qilib, yangi tartibga o‘tishni paysalga solmoqda. Jumladan, Alisher Yusupov va Shuhratbek Nazirov. Ikkovini ham tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimlari bir necha bor ogohlantirgan. Shunga qaramay, ular faoliyatini “eski usulda” davom ettirib kelayotgan edi.

“Nima uchun yuridik shaxs bo‘lishimiz kerak?” deya qaysarona ohangda berilgan savolga viloyat davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari batafsiljavob qaytarishdi.

Ma’lumki, qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari hajmining kattaligi va vaznining og‘irligi sababli, xususiy tadbirkorlar ushbu mahsulotlarni trasport vositalariga yuklash, tashish, tushirish, qadoqlash, qo‘riqlash va sotishni ruxsat etilgan bir nafar yollanma ishchi bilan bajara olmayotganliklari sababli qonunchilikda belgilanganidan ortiqcha xodimlarni yollab, norasmiy ishlatishiga majbur bo‘layotgan edi. Bu esa o‘z navbatida norasmiy yollangan xodimlarning mehnat muhofazasi va mehnat xavfsizligi ta’minlanmasdan, mehnat stajlari yuritilmasligiga hamda kelgusida asoslangan pensiya to‘lovi kafolatlanmasdan qolishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan yuk ortish va tushirish og‘ir va xavfli ishlar toifasiga kiritilgan bo‘lib, ish jarayonida bir xodimning doimiy ko‘taradigan yuk og‘irligi 15 kilogrammgdan va ish smenasi davomida jami ko‘taradigan yuki 870 kilogrammdan dan ortiq bo‘lmasligi lozim.

Ayonki, qopi 50 kilogramm bo‘lgan sement, shifer va yog‘och mahsulotlari sotishda 1 nafar ishchi bilan mazkur normalarga amal qilib bo‘lmaydi. Yuridik shaxs esa rasmiy ravishda istagancha ishchi kuchidan foydalanishi mumkin.

Soliq xodimlarining bu kabi targ‘ibotlari samarasida ayni paytga kelib qurilish materiallarisavdosi bilan shug‘ullanayotgan 100 dan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют