» » Ozbekistonda QQS zanjiri qanday shakllantiriladi?

Ozbekistonda QQS zanjiri qanday shakllantiriladi?


Qoshilgan qiymat soligining zanjirini shakllantirish orqali QQS tolovchisi bolgan va bolmagan soliq tolovchilar ortasida kooperatsiyani tashkil etish, ixtiyoriy ravishda QQS tolashga otish masalalari boyicha koplab savollar va takliflar kelib tushmoqda. Davlat soliq qomitasi ular yuzasidan Daryoga quyidagilarni malum qildi.

Ixtiyoriy ravishda qoshilgan qiymat soligini tolashga otish

Soliq kodeksining 354-moddasiga asosan, agar yagona soliq tolovini tolovchilar ushbu Kodeksning 199-moddasiga muvofiq, QQS solinadigan oborotni amalga oshirsa, QQSni ixtiyoriy asosda hisobot davri boshlanishidan kamida bir oy oldin royxatda turgan davlat soliq inspeksiyasiga yozma bildirish orqali amalga oshirishlari belgilangan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 351-moddasida soliq tolovchilar yagona soliq tolovini tolash orniga ixtiyoriy ravishda umumbelgilangan soliqlarni tolashga otishi uchun hisobot davri tugaganidan song on kun ichida davlat soliq xizmati organlariga bu togrisida yozma bildirish berib, keyingi hisobot davridan boshlab, umumbelgilangan soliqlarni tolashi mumkin.

Prezidentning 2016-yil 5 oktyabrdagi farmoniga asosan moliya-xojalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yol qoyilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, mamuriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar qollanilishidan ozod etiladi.

Shuningdek, Prezidentning 2018-yil 20-dekabrdagi majlis bayoni bilan berilgan topshiriqlar talabidan kelib chiqib, 2019-yil 10-aprelga qadar:

Birinchidan soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qollayotgan soliq tolovchilar (yagona soliq tolovi va yagona yer soligi tolovchilari) ixtiyoriy ravishda QQSni tolashga otish yuzasidan soliq tolovchi hisobga qoyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish taqdim etgan oydan keyingi oyning boshidan ixtiyoriy ravishda QQSni (faqatgina QQSni hisoblab chiqarish va tolashning umumbelgilangan tartibida) tolashgaotishi mumkin.

Bunda QQS tolovchilar uchun yagona soliq tolovi summasi byudjetga tolanishi lozim bolgan QQS summasiga, lekin yagona soliq tolovi summasining 50 foizidan kop bolmagan miqdorga kamaytirish tartibi saqlanib qolinadi. Ushbu tartib yagona yer soligi tolovchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ikkinchidan soliq tolovchilar yagona soliq tolovini tolash orniga ixtiyoriy ravishda umumbelgilangan soliqlarni tolashga otishi boyicha royxatdan otgan davlat soliq xizmati organiga yozma bildirish taqdim etgan oydan keyingi oyning boshidan umumbelgilangan soliqlarni tolash tartibiga, shu jumladan, QQSni (faqatgina QQSni hisoblab chiqarish va tolashning umumbelgilangan tartibida) tolashga otishiga ruxsat beriladi (mol-mulkni ijaraga beruvchi xojalik yurituvchi subyektlar bundan mustasno).

Qoshilgan qiymat soligini hisoblab chiqarish va tolashning soddalashtirilgan tartibiga otish

Soliq kodeksining 226-1-moddasiga asosan QQSni hisoblab chiqarish va tolashning soddalashtirilgan tartibiga otish uchun soliq davri davomida yalpi tushumi 3 milliard somdan oshmaydigan yuridik shaxslar soliq boyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma xabarnomani taqdim etishi belgilangan.

Soliq tolovchilar QQSni hisobga olish mexanizmining afzalliklarini oxirigacha hisob-kitob qilmasdan, soddalashtirilgan QQS rejimini qollashga intilmoqda. Buning natijasida QQS zanjiri QQS tolovchi bolgan mol yetkazib beruvchilar bilan uzilmoqda va ularning iqtisodiy korsatkichlariga hamda suniy narxlarning kotarilishiga olib kelishi kuzatilmoqda.

Shunga kora, QQSni hisoblab chiqarish va tolashning soddalashtirilgan tartibini qollash yuzasidan yozma bildirish taqdim etgan har bir soliq tolovchi bilan hududiy davlat soliq xizmat organlari rahbarlari shaxsan suhbat otkazadi, QQSning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tartiblaridagi farqlari hamda hisobga olish mexanizmining afzalliklarini tushuntirish orqali QQS standart rejimini tanlashiga etibor qaratiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (27-01-2019, 22:00)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -