» » Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Nukus shahrida yugurish aksiyasi o‘tkazildi

Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan Nukus shahrida yugurish aksiyasi o‘tkazildi


Nukus shahrida “Biz jinoyatchilikka qarshimiz!” shiori ostida 6 ming metr uzoqlikka yugurish aksiyasi o‘tkazildi. Mazkur sport musobaqasi Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari xodimlari, maktab va kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda keksa yosh vakillaridan iborat jami 5 ming nafardan ziyod katta-yu kichikni qamrab oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligining matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tadbirda Nukus shahar hokimligi, Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘mondonligi hamda vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Yugurish marafoni g‘olib va sovrindorlariga qator vazirliklar va homiy tashkilotlar tomonidan medallar, diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5408-sonli farmoyishi ijrosini samarali bajarish va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda bir qator tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют