» » Saratonga chalingan 13 yoshli Muzaffarning taqdiriga befarq bo‘lmaylik!

Saratonga chalingan 13 yoshli Muzaffarning taqdiriga befarq bo‘lmaylik!


Toshkent shahrida tug‘ilgan Muzaffar Mirsodiqovga suyak saratoni tashxisi qo‘yilgan. Uning davolanishi uchun juda katta mablag‘ talab etiladi.

“O‘g‘lim 2018-yilning sentabrda oyog‘ining tizza qismidagi og‘riqlardan shikoyat qildi. E‘tibor bermadik. Oktabrga borib, og‘riq zo‘raydi. Bolam hatto yurishga ham qiynalib qoldi. Travmatologlarning chuqur ko‘rigidan o‘tdik. Bir necha kun shifoxonada ham yotib chiqdik. Tahlil natijalari revmatizm yo‘qligini ko‘rsatdi. Shundan keyin bizni onkologiyaga yuborishdi.

2018-yilning 1-noyabr kuni shahar onkologiya shifoxonasidagi tekshiruvlar natijasida Muzaffarning suyak sohasida o‘simta borligi aniqlandi”, — deydi onasi.

Muzaffar hozirda qattiq og‘riqdan azob chekmoqda. Ota-onasi uning kasalligini davolatish va hayotini saqlab qolish uchun Rossiyaga olib ketdi. Rossiyadagi 9 oylik davo muolajalari uchun 130 ming dollar mablag‘ ketishi aytilgan. Bu juda katta mablag‘, lekin toma-toma ko‘l bo‘lur deganlaridek, har birimiz imkon qadar yordam bersak, mana shu pulni yig‘ishimiz va bir bolaning hayotini saqlab qolgan bo‘lamiz!

Otasi Mirzaahmad Solihovning telefon raqami:  

946656208

Plastik karta raqamlari:

Agrobank: 8600 0417 8959 7953 Muyassar Solihova  

Visa card: 4145 6501 1207 9355 Muyassar Solihova  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют