» » Toshkentda 15 kg simobni 100 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi

Toshkentda 15 kg simobni 100 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga olindi


Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari Bektemir tumanida ikki nafar fuqaroni 15 kg simobni sotayotgan vaqtida qo‘lga oldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Simob nihoyatda zaharli moddalar qatoriga kiradi. Ayniqsa, uning ochiq holda bug‘lanib havoda tarqalishi inson sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan Bektemir tumanida fuqarolar D.A. va Z.A. “shartli xaridor”ga 15 kilogramm simobni 100 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha tegishli protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют